Translations:Policy:Terms of Use/10/uz-cyrl

From Wikimedia Foundation Governance Wiki
Revision as of 07:42, 11 April 2024 by Umarxon III (talk | contribs) (Created page with "Siz, foydalanuvchi, hissa qoʻshuvchi, muharrir yoki muallif sifatida qoʻshilishingizdan mamnunmiz. Siz loyihaning Umumjahon xulq-atvor kodeksiga (UCoC), yaʼni loyihaning barcha nashrlariga tegishli siyosatlariga amal qilishingiz kerak. Loyihalarimiz orasida eng kattasi Vikipediya, lekin biz boshqa loyihalarni ham qo'llaymiz, ularning har biri turli maqsadlarga va ish uslublariga amal qiladi. Kontent yaratish va boshqarish uchun birgalikda ishlaydigan ishtirokchilar, m...")
(diff) ← Older revision | Latest revision (diff) | Newer revision → (diff)

Siz, foydalanuvchi, hissa qoʻshuvchi, muharrir yoki muallif sifatida qoʻshilishingizdan mamnunmiz. Siz loyihaning Umumjahon xulq-atvor kodeksiga (UCoC), yaʼni loyihaning barcha nashrlariga tegishli siyosatlariga amal qilishingiz kerak. Loyihalarimiz orasida eng kattasi Vikipediya, lekin biz boshqa loyihalarni ham qo'llaymiz, ularning har biri turli maqsadlarga va ish uslublariga amal qiladi. Kontent yaratish va boshqarish uchun birgalikda ishlaydigan ishtirokchilar, muharrirlar yoki mualliflar jamoasi mavjud. Siz ushbu jamoalarga qoʻshilishingiz va ular bilan ushbu loyihalarni yaxshilash uchun ishlashingiz mumkin. Biz kontentni jamoatchilikka erkin foydalanishga bagʻishlaganimiz sababli, siz qoʻshgan kontent bepul litsenziya ostida taqdim etiladi yoki jamoat mulki sifatida chiqariladi.