Translations:Policy:Terms of Use/8/uz-cyrl

From Wikimedia Foundation Governance Wiki
Revision as of 08:08, 11 April 2024 by Umarxon III (talk | contribs)
(diff) ← Older revision | Latest revision (diff) | Newer revision → (diff)

Ushbu Foydalanish shartlari sizga Wikimedia jamgʻarmasidagi xizmatlarimiz, foydalanuvchi sifatida sizga boʻlgan munosabatimiz, ikkalamizni boshqaradigan huquq va majburiyatlarimiz haqida maʼlumot beradi. Biz aql bovar qilmaydigan miqdordagi taʼlim va maʼlumotga oid kontentni joylashtiramiz, ularning barchasi siz kabi foydalanuvchilar tomonidan qoʻshilgandir. Odatda biz kontentga hissa qoʻshmaymiz, kuzatmaymiz yoki oʻchirib tashlamaymiz. Kamdan-kam hollarda, masalan, ushbu Foydalanish shartlari kabi siyosatlarga muvofiq, qonuniy muvofiqlik uchun yoki jiddiy zarar yetkazish tahdidiga duch kelganda istisno qilishimiz mumkin. Bu shuni anglatadiki, tahririyat nazorati siz va kontentni yaratadigan va boshqaradigan boshqa foydalanuvchilarning qoʻlida.