Translations:Policy:Terms of Use/13/uz-cyrl

From Wikimedia Foundation Governance Wiki
Revision as of 12:59, 12 April 2024 by Umarxon III (talk | contribs) (Created page with "'''Siz oʻzingizning harakatlaringiz uchun javobgarsiz:''' Loyihalardagi oʻzgartirishlaringiz va qoʻshgan hissalaringiz, Loyihalardagi kontentdan qayta foydalanish, APIlardan foydalanish va umuman xizmatlarimizdan foydalanishingiz uchun qonunan javobgarsiz. Oʻzingizni himoya qilish uchun siz ehtiyot boʻlishingiz va amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy yoki fuqarolik javobgarligia sabab boʻladigan har qanday harakatlardan qochishingiz kerak. Aniqlik uchun, amaldagi qon...")
(diff) ← Older revision | Latest revision (diff) | Newer revision → (diff)

Siz oʻzingizning harakatlaringiz uchun javobgarsiz: Loyihalardagi oʻzgartirishlaringiz va qoʻshgan hissalaringiz, Loyihalardagi kontentdan qayta foydalanish, APIlardan foydalanish va umuman xizmatlarimizdan foydalanishingiz uchun qonunan javobgarsiz. Oʻzingizni himoya qilish uchun siz ehtiyot boʻlishingiz va amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy yoki fuqarolik javobgarligia sabab boʻladigan har qanday harakatlardan qochishingiz kerak. Aniqlik uchun, amaldagi qonunlar kamida Amerika Qoʻshma Shtatlari qonunlarini oʻz ichiga oladi. Boshqa mamlakatlar uchun bu holat alohida belgilanadi. Biz bunday harakatlarga rozi boʻlmasak-da, foydalanuvchilarni, xususan, muharrirlar va mualliflarni ogohlantiramiz: rasmiylar sizga nisbatan mahalliy qonunlarni qoʻllashga harakat qilishi mumkin. Biz odatda bunday qonunlarning qoʻllanilishiga qarshi hech qanday himoya, kafolat, immunitetni taklif qila olmaymiz.